Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

DALA MADANIYATI – FERMER DAROMADI

yangiliklar 29-янв, 19:089 501
Bugun tumandagi fermer xo‘jaliklarida "Dala madaniyati - fermer daromadi" shiori ostida dala chetlariga tut va tok ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Tumanning Paxtakor hududidagi fermer xo‘jaliklarida bahorgi yumushlarga kirishgan dehqon-fermerlar bilan uchrashgan viloyat hokimi Murodjon Azimov boshchiligida viloyat va tuman sektor rahbarlari xo‘jliklarda dala chetlariga tut va tok ko‘chatlarini ekish jarayoni bilan ham yaqindan tanishishdi.
Dala maydonlari chetida tutzorlarni tashkil etish, shuningdek, tok ko‘chatlari va qalamchalarini ekish bugun respublikamizda "Qashqadaryo tajribasi" sifatida ommalashmoqda.
Tut ko‘chatlarini ekish uchun alohida maydon talab etilmaydi, tut ko‘chatlari yo‘l, ariq, zovur, dala maydonlari chetlariga ekiladi. Albatta, ekilgan tut ko‘chatlari dala ekinlarni sovuq urishidan va garmsel issig‘idan saqlaydi, qishloq xo‘jaligi ekinlari iqlimini yaxshilashga imkon yaratadi. 
Shuningdek, tutning baquvvat ildizlari ariq va zovurlar tuprog‘ini yemirilishdan saqlaydi. Umuman olganda tutzorlar tuproq, suv va shamol erroziyasining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birga pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishga ham asos bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha daromad hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratadi.
Dala chetlariga tok ko‘chatlarini ekilishi esa, fermerga qo‘shimcha daromad olib kelishi provardida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlab, bozorlar to‘kin-sochinligiga xizmat qiladi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR