Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchida un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

yangiliklar 31-окт, 21:089 1 394
So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. 

"Chiroqchi g‘alla klaster" korxonasi va Turkiyaning "Ven Maks" shirkati hamkorligida Chiroqchi tumanida un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.Har ish boshida yaxshi niyatlar bilan Hatmi-Qur’on qiladigan xalq, millatmiz. Boshlanayotgan xayirli ish oldidan yangi qurilayotgan korxonada jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari hamda nuroniy otaxonlar tumanning Yangiqishloq mahallasida klaster tomonidan amalga oshirilayotgan yangi loyiha taqdimoti bilan yaqindan tanishib, korxona poydevoriga ramziy tamal toshini qo‘yishdi.Bugun "Chiroqchi g‘alla klaster" mas’uliyati cheklangan jamiyatida don xomashyosini yetishtirish, balki uni chuqur qayta ishlash ham yo‘lga qo‘yilmoqda.2023 yilda amalga oshirilgan yana bir yirik loyiha doirasida donni qayta ishlash ham o‘zlashtirilmoqda. Buning uchun 25 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtiriladi. 
- Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga uyushtirgan tashrifi davomida viloyat faollari bilan o‘tkazgan uchrashuvida "Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilish zaminini hozirdan yaratish lozimligini qayd etgan" edi, - deydi tuman hokimining o‘rinbosari Toir Sattorov. - Chiroqchi tumanida Prezidentimiz bergan topshiriqlari ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, qardosh Turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga un va un mahsulotlari ishlar chiqarish korxonasi qurilishiga start berildi.Un va un mahsulotlari zavodi uchun zarur uskunalar Turkiya davlatidan olib kelib o‘rnatiladi, -deydi klaster rahbari Xusanboy Hojimatov. - Natijada 4 bosqichli ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida sutkasiga 1 tonna makron, 5 000 dona qolipli non, 60 tonna un va 200 tonna granulalik omuxta yem ishlab chiqarariladi. Natijada 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR