Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida axoli kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb muammolar hal etilmoqda.
Chiroqchi tumani markazidan olis Qizilchovra mahallasining Dashtqizilchovra qishlog‘ida ham qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, qishloqda 1 km ichki xo‘jalik yo‘lini asfalt qilingan bo‘lsa, "Open budget" loyihasi doirasida yana 2 km ichki yo‘l asfalt qilindi. 2022 yil yakuni va 2023 yil boshida qishloqdagi 3.5 km ichki xo‘jalik yo‘llari shag‘allashtirilib, tosh yo‘lga aylantirilgan edi. Ayni kunlarda qishloqda yana 2 km tuproq yo‘llar tosh yo‘lga aylantirilmoqda.
Shuningdek, qishloqdagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida investisiya dasturi asosida qo‘shimcha 180 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi. Aholini sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tibbiyot konteyneri o‘rnatilib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.
Bu ishlar natijasida qishloqda aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilib, hudud ko‘rkam va zamonaviy qiyofa kasb etadi. Qishloq yo‘llarida avtotransport harakati keyingi yillarda sezilarli darajada oshganligi, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashni taqozo etmoqda.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan mavjud muammolarni hal etish chora-tadbirlari doirasida Dashtqizilchovra qishlog‘idagi ichki xo‘jalik yo‘llariga ham yo‘l belgilarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi.
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari Boyqobil Norqobilov va tuman IIB JXX YHXB bo‘limi vakili tomonidan Dashtqizilchovra qishlog‘idagi ichki xo‘jalik yo‘llariga yo‘l belgilarini o‘rnatish xususida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. Tez kunlarda qishloq yo‘llariga belgilangan yo‘l belgilari o‘rnatiladi.