Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

2024 yili suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlashtirish bo‘yicha zarbdor yil” deb e’lon qilindi.

yangiliklar 22-янв, 10:479 328
Ushbu tashabbus doirasida Chiroqchi tumanidagi kanallarni betonlash ishlariga jiddiy kirishildi. Xususan, tumanda suv xo‘jaligi tashkilotlariga qarashli 10 ta  62,64 kilometr magistral va xo‘jaliklararo kanallar mavjud. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kanallarning 28 km 410 kilometr qismi betonlashtirilgan bo‘lsa, xo‘jaliklararo ichki ariqlarning 48 km 610 metr qilmi betonlashtirildi. 
Bundan tashqari, klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi 745,6 kilometr ichki kanallar mavjud bo‘lib, shundan 50,1 kilometr latok, 14,5 kilometr beton qoplamali va 681kilometr (91%) qismi tuproq o‘zanli suv yo‘llari hisoblanadi.  
Ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi 125 kilometr ichki ariqlarni bosqichma-bosqich betonlashtirish topshirig‘i berilgan. 
Qo‘shimcha qilib aytish joizki, tumanda faoliyat yuritayotgan klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ham kanal va ariqlarni betonlash ishlari bajarilmoqda. Maqsad suv sarfini kamaytirish va boridan unumli foydalanishdir.

O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR