Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Korrupsiyaga qarshi kurashish-barchamizning ustuvor vazifamiz

yangiliklar 12-сен, 15:169 75

Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Mamlakatimizning barcha muassasa, tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida tadbirlar, targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. 
Kuni kecha, Chiroqchi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida markaz xodimlari, mahallada kompleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar ishtirokida, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish-barchamizning ustuvor vazifamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori S.Allayorov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari so‘zga chiqishib,  hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solayotganligi haqida so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansab soxtakorligi, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, tovlamachilik yo‘li bilan haq - berishni talab qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi moddalari xususidagi ma’lumotlar yana bir karra ta’kidlandi. 
Tadbirda  korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.Tadbir yakunida ishtirokchilar huquqiy mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va fikr-mulohazalar bo‘yicha huquqni himoya qilish idorasi vakillaridan javoblar olishdi.
O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR