Aniqlanishicha, Chiroqchi tumanining "Do‘stlik diyori" mahallasi hududida 4 ta 38-, 39-, 41- va 88-maktablar mavjud. Videomurojaatda fuqarolar tomonidan 400 ga yaqin maktab yoshdagi bolalar 4-5 km masofadan 88-maktabga qatnashi va yangi maktab binosi qurilishini so‘rab murojaat qilishgan.
Fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari bir necha bor fuqarolar bilan uchrashib, mavjud holat va uning yechimi yuzasidan ma’lumotlar berishgan. Tuman hokimi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ham yuqoridagi murojaat ko‘tarilgan va tegishli tartibda fuqarolarga batafsil ma’lumotlar berilgan.
O‘zlarini OAV vakili, axborot agentligi xodimi deb tanishtirgan blogerlar fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatni bir tomonlama o‘rganishgan. Blogerlar jamoasi va bir guruh fuqarolar mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tuman hokimining qabuliga kelishgan va tuman hokimi bilan yuqoriga murojaat yuzasidan suhbatlashib, holatga oydinlik kiritishgan.
Ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga amal qilamiz deya, bong o‘rayotgan blogerlar jamoasi nega hokim, fuqarolar va o‘zlari ishtirokida bo‘lgan suhbat videotasvirlarni keng jamoatchilikdan yashirishga va noxolis axborot tarqatishga harakat qilishgan.
Bundan ko‘rinadiki, ushbu blogerlar jamoasi keng jamoatchilik e’tiborini noxolis axborotlarga qaratish va davlatimizda olib borilayotgan islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2022-2023-yillar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4936-sonli qarori bilan Respublika davlat ob’yektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash 2022-2026-yillar asosiy parametrlari tasdiqlangan. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturiga “Do‘stlik diyori” MFY hududidan yangi maktab qurish taklifi berilganligini ma’lum qilamiz.