Ishonch telefoni:

+99 875 562 30 09

Chiroqchi tumani

yangiliklar 11-ноя, 10:559 70 049
Chiroqchi — O‘zbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Hududi 112 ming 667 gektar. Aholisi 267 mingdan oshiq.

Hudud jihatidan viloyatdagi eng katta tumanlardan biri hisoblangan Chiroqchi tumani shimolda Samarqand viloyatining Nurobod va Pastdarg‘om tumanlari, g‘arbda Ko‘kdala tumani, sharqda Kitob, Shahrisabz tumanlari, janubda esa Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari bilan chegaradosh.

Tuman hududida Chimqo‘rg‘on va Qalqama suv omborlari mavjud. Markazi — Chiroqchi shahri. Tumanda 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud.
Chiroqchi tumani tarixi

XVII  asrlardan boshlab Chiroqchi bekligi hozirgi tuman hududiga yaqin maydonni egallab, Buxoro amirligining yirik bekliklaridan biri sifatida shakllanib kelgan. 1920-yilda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Shahrisabz viloyati tarkibiga kiritilgan. 1926-yilga qadar shu viloyat tarkibida bo‘lgan. 1926-yil 29-sentyabrida Qashqadaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. Qisqa muddat, 1962-yildan to 1964-yilgacha Yakkabog‘ tumani bilan birlashtiriladi. 1964-yilda esa yana mustaqil tuman sifatida tashkil etiladi.

Tabiati

Tuman hududi viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relefi tekis cho‘l va qiradirlardan iborat bo‘lib, janubiy g‘arbdan shimoliy sharqqa (Qoratepa tog‘i) balandlashib boradi. Balandligi tekis cho‘l qismida 400– 600 m, adirda 700–900 m va Zarafshon tizmasining davomi bo‘lmish Qoratepa tog‘ida 1200–1500 m. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o‘rtacha temperatura 14,7°. Yanvarnning o‘rtacha temperaturasi 2,7°, eng past temperatura —20°. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 45°. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Yiliga 368 mm, sharqida 400–500 mm yog‘in tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Qumdaryo, Oyoqchidaryo va boshqa kanallardan sug‘oriladi. Tumanning janubida Chimqo‘rg‘on suv ombori bor. Shimoliy tog‘li zonada o‘tloqi, tekislik qismida tipik bo‘z tuproqlar, och bo‘z tuproq, dara vodiylarida o‘tloki botqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o‘simliklardan rang, qarg‘aoyoq, qamish, chitir, karrak, bug‘doyiq, yantoq, kashkar beda, qoramug‘, qo‘ziquloq, oqquray, tuyaqorin va boshqalar o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qo‘shoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirg‘ovul, so‘fito‘rg‘ay, chumchuq, chug‘urchiq, zarg‘addoq va boshqalar bor.

Aholisi

Asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Tili

Asosan qishloqlarda gaplashiladigan bu til o‘zbek tilining qipchoq lahjasidir. Adabiy tildan farqlari quyidagicha:
Bu lahja o‘zbek tilidan boshqa turk tillarida mavjud bo‘lgan unlilar singarmoniyasini (unlilar uyg‘unligini) saqlab qolgan. Undan tashqari, adabiy o‘zbek tilidagi tovushlar biroz farq bilan talaffuz qilinadi:

Qiziqarli ma’lumotlar

Chiroqchi tumaning Zaribdor MFY hududida joylashgan "OQ TUYA OTA" (Naymansaroy, Ravot va boshqa qishloqlar) qabristoni joylashgan. Bu qabristonda ikkita katta "ko‘k tosh" bor. Qariyalarning aytishcha bu tosh Makkadan keltirilgan va uni olib kelgan oq tuya ham shu yerga mangu qo‘nim topgan ilo "OQ TUYA OTA" nomi ham shundan kelib chiqiqan ekan. Ya’na bir muqadas joy Qavs ota qabri shu qabristonda joylashgan, uni ziyorat qilish har-hil dardlarga shifo bo‘ladi degan farazlar bor.

Chiroqchi tumanidagi Tarag‘ay qishlog‘ida Amir Temur g‘ori mavjud. Gʻorga kirish uchun „Teshiktosh“ degan tor yo‘lakdan o‘tiladi. Odamlarning aytishiga qaraganda bu g‘orning bir uchi Samarqand viloyatidan chiqarmish. Ba’zilar uni Amir Temur kovlatgan, deyishadi. Ammo, ko‘rinishidan tabiiy g‘orga o‘xshaydi. Bu g‘or toqqa chiquvchilar uchun eng qiziqarli joylardan biriga aylangan. Gʻorning atrofida iyun oylariga qadar muzlik saqlanib, erigan suvlari juda shirin va zilol kichik ariqni hosil qiladi. Gʻorning ustidagi cho‘qqidan Samarqand viloyatidagi hududlar bemalol ko‘rinib turadi. Langar qishlog‘ida qimirlovchi katta tosh bor bo‘lib, uni kichik bola ham qimirlata oladi.


O‘xshash yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
INTERAKTIV XIZMATLAR