Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, ko‘plab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudi raisi Ashurali Tashev ishtirokida tumanning "Yangidam" mahallasida "Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida sud raisi “Tanosil yoki OIV va OITS kasalligini tarqatish” jinoyati tushunchasi va mazkur jinoyat uchun tayinlanadigan jazo turlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berdi.
OIV infeksiyasi – odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik hisoblanib, virus bemor odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Infeksiya dastlab yashirin tarzda kechishi, bu davr bir necha oydan 5-10 yilgacha va undan ham ortiqroq davom etishi mumkin. Kasallikning yashirin davrida virusni yuqtirib olgan shaxslar ko‘rinishidan sog‘lom bo‘lib, ularda kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning shu davri ancha xavfli hisoblanib, infeksiyani yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirib yurishlari mumkin. OIV infeksiyasida me’yorda ishlab turgan immun tizimi yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Ammo, virus organizmda ko‘payib asta-sekin immun tizimni mutlaqo izdan chiqaradi va natijada OITS rivojlanadi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) – odamning immun tizimini immunitet tanqisligi virusi shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan xastalikning so‘nggi bosqichidir.
Bugungi kunda OIV bilan kasallangan shaxsni virusdan butunlay xoli qiluvchi dori vositasi mavjud emas. Bu borada dunyo tibbiyoti biroz ojizlik qilib turibdi. Bunga sabab virusning o‘ta o‘zgaruvchanligidir. Dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu infeksiyaga qarshi vaksina va dori vositasini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.