Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 23 oktyabr kuni hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Prezident bog‘lar va uzumzorlarning qatorlari orasiga ekin ekish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbarining yig‘ilishda bergan topshiriqlari ijrosini Chiroqchi tumanida ta’minlash maqsadida bugun viloyat prokurori o‘rinbosari Azamat Mirzayev ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman tokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga aloqador mas’ullar hamda fermer va dehqon xo‘jaligi vakillari ishtirok etishdi.
Seminar davomida, bog‘ va uzumzorlar qator orasiga kuz oylari davomida piyoz va sarimsoq piyozi ekinlarini ekish hamda dala chetlariga tut, tok, anor, terak kabi daraxt nihollarini ekish va parvarishlash xususida tushuncha va tavsiyalar berildi. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga, pirovardida xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Chiroqchida 1080 ming gektar bog‘ va 400 ming gektar tokzor mavjud.